Maxfiylik siyosati
Tahrir: 2026-yil 21-noyabr
1. Ma’lumotlarni kim ishlaydi
nomalar.uz sayti va uning Telegram boti orqali to‘plangan ma’lumotlarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs Khusanjon Jurabaev (keyingi o‘rinlarda «Biz») ishlaydi. Saytdan foydalanib, siz ma’lumotlaringiz ushbu siyosatga muvofiq ishlanishiga rozilik bildirasiz.
2. Qanday ma’lumot yig‘amiz
- Telegram orqali kirganda: Telegram ID, ism, username, profil rasmi havolasi va tanlangan til.
- Taklifnoma: siz kiritgan ismlar, sana, joy (manzil va xaritadagi nuqta), dastur, matnlar, yuklagan rasm va musiqa.
- To‘lov: buyurtma summasi va vaqti, siz yozgan karta oxirgi 4 raqami. Chek rasmi Telegram’da qoladi, bizda faqat uning Telegram’dagi identifikatori saqlanadi. Onlayn to‘lovda karta ma’lumotlari to‘lov tizimi sahifasida kiritiladi; bizga faqat to‘lov holati, qaysi ilova orqali to‘langani va fiskal chek havolasi keladi. To‘liq karta raqamini so‘ramaymiz va saqlamaymiz.
- Mehmonlar: taklifnoma necha marta ochilgani (kim ochgani emas). Javob formasi yoqilgan bo‘lsa, mehmon yozgan ism, javob va tilak.
- Sharhlar: siz qoldirgan ism, shahar va matn; admin tasdiqlagandan keyin saytda ko‘rinadi.
- Texnik: server jurnallarida IP manzil, vaqt va so‘ralgan sahifa. Jurnallar hajmi cheklangan, eski yozuvlar avtomatik o‘chadi.
- Sayt statistikasi (Yandex Metrica): qaysi sahifalar ochilgani, qayerdan kelganingiz, bosishlar va sahifadagi harakat, qurilma, brauzer va taxminiy shahar. Taklifnoma mazmuni, ismlar, yozgan matnlaringiz va kirish kodlari bunga kirmaydi.
Cookie: tizimga kirganingizni eslab qolish uchun bitta sessiya cookie’si va Yandex Metrica cookie’lari (statistika uchun). Reklama skriptlari yo‘q.
3. Nima uchun
- taklifnomani yaratish, saqlash va mehmonlarga ko‘rsatish;
- to‘lovni tekshirish va tasdiqlash;
- Telegram bot orqali xabar berish: to‘lov holati, tayyor havola, muddat tugashidan oldin eslatma;
- saytni yaxshilash: odamlar qaysi qadamda qiynalayotganini tushunish (statistika);
- firibgarlik va suiiste’molning oldini olish.
4. Kim ko‘radi
- Taklifnoma havolasini bilgan har kim uni ko‘ra oladi: havolani kimga yuborishni o‘zingiz hal qilasiz. Taklifnomalar qidiruv tizimlarida ko‘rsatilmaydi.
- Adminlarimiz: buyurtmalar, cheklar va taklifnomalar (to‘lovni tekshirish va yordam berish uchun).
- Telegram: kirish va bot xabarlari Telegram orqali o‘tadi (Telegram’ning o‘z maxfiylik siyosati amal qiladi).
- «OCTAGRAM» AJ (WLCM to‘lov tizimi): onlayn to‘lovni o‘tkazadi va fiskal chekni soliq tizimiga yuboradi. Unga buyurtma raqami, summa va shablon nomi yuboriladi; ismlar va taklifnoma mazmuni yuborilmaydi.
- Server provayderi: ma’lumotlar Eskiz kompaniyasining Toshkentdagi (O‘zbekiston) serverlarida saqlanadi.
- Zaxira nusxalar: shifrlangan holda Cloudflare R2’da (O‘zbekistondan tashqarida) va Telegram’dagi yopiq kanalda. Ularni ochish kaliti faqat bizda.
- OpenStreetMap: tahrirlashda xaritadan joy qidirsangiz, yozgan manzilingiz qidiruv uchun OpenStreetMap’ga yuboriladi. Mehmon «Xaritada ochish» tugmasini bossa, xarita xizmati (masalan, Yandex Xaritalar) ochiladi.
- Yandex (Yandex Metrica): saytdan qanday foydalanilishini tushunish uchun sahifa ko‘rishlari, bosishlar va sessiya yozuvini (Webvisor) oladi; Yandex’ning o‘z maxfiylik siyosati amal qiladi. Ismlar, taklifnoma mazmuni, yozilgan matnlar va kirish kodlari yozuvda yashiriladi. Mehmonlar ochadigan taklifnoma sahifalarida Metrica umuman yo‘q. Undan voz kechish uchun brauzeringizda kuzatuv blokerini yoqing.
Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.
5. Qancha saqlaymiz
- To‘langan taklifnoma mazmuni, rasmlari, musiqasi va mehmonlar javoblari: to‘y kunidan keyin 30 kun, so‘ng o‘chiriladi.
- To‘lanmagan qoralama: 60 kun tahrirlanmasa, o‘chiriladi.
- Hech bir taklifnomada ishlatilmayotgan yuklangan fayllar: 7 kundan keyin o‘chiriladi.
- Buyurtma yozuvlari (summa, sana, shablon, karta oxirgi 4 raqami): hisob-kitob uchun 5 yil saqlanadi.
- Bot xabarlari (tayyor havola, to‘lov holati): yetkazilguncha navbatda turadi, so‘ng 14 kundan keyin o‘chiriladi.
- Hisob (Telegram ID, ism): siz o‘chirishni so‘ragunga qadar.
- Zaxira nusxalar: serverning o‘zida 14 kun; serverdan tashqarida, shifrlangan holda, kunlik nusxalar 30 kun, har oyning birinchisi 1 yil. Keyin o‘chiriladi.
6. Huquqlaringiz
Siz ma’lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish va o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Taklifnomani o‘zingiz tahrirlay olasiz; hisobni yoki boshqa ma’lumotni o‘chirish uchun yozing: husanjontiu@gmail.com. So‘rovga 3 ish kuni ichida javob beramiz.
7. Himoya
Sayt faqat HTTPS orqali ishlaydi, kirish Telegram kodi bilan, serverdan tashqaridagi zaxira nusxalar shifrlangan. Ma’lumotlarga faqat adminlar kira oladi.
8. O‘zgarishlar va aloqa
Siyosat o‘zgarsa, yangi tahriri shu sahifada e’lon qilinadi. Xizmat shartlari: Ommaviy oferta. Savollar uchun: husanjontiu@gmail.com.